Azmun "Lion" bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
11 dek 2021, 20:25
Eronlik hujumchi Syerdar Azmun "Lion" bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzadi.

Fransiya klubi yanvarda hujumchini qo'lga kiritadi. Hozirgi paytda bu masala bo'yicha "Zenit" bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Futbolchining "Zenit" bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilning yozida tugaydi.

26 yoshli hujumchi Sankt-Peterburg klubida 2019 yildan buyon to'p tepmoqda. Transfermarkt portali uni 25 million evroga baholagan.

Azmun joriy mavsumda 21 o'yinda 10 ta gol urdi hamda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe