Azmun "Lion" bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
29 avg 2021, 08:55
"Zenit" hujumchisi Syerdar Azmun "Lion" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.

26 yoshli eronlik francuz klubi bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Oldinroq tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, klub bitimni yakunlashga ham yaqin. Transfer narxi bonuslarsiz 15 million evroni tashkil etadi.

Azmun o'tgan mavsum Rossiya chempionatida 24ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira