Azizbek Usmonov: “Noxush ananaga chek qo'ydik”

Narzulla Saydullayev
31 okt 2016
Oliy liga yigirma ettinchi turining “Navbahor” - “Qizilqum” jamoalari (0:2) uchrashuvidan so'ng, mehmonlar yarim himoyachisi Azizbek Usmonov o'z fikrlarini bildirdi.
- Namanganda o'z muxlislarimizni xursand qilishni uddaladik, - deydi Azizbek Usmonov. - Qolaversa, oxirgi sakkiz yilda “Navbahor”ni enga olmagan jamoamiz bu noxush ananaga nuqta qo'ydi. G'alaba qozongan bo'lsak-da, bunga osonlikcha erishganimiz yo'q.

Endi bor e'tiborimizni navbatdagi turda Navoiyda “Lokomotiv” jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuvga qaratamiz. Bu o'yinga jiddiy tayyorlanib, ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun kuch va mahoratimizni ishga solamiz.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia