

"Avvalo o'zbekistonlik muxlislarga o'z salomimni etkazaman. Tezkor gol jamoadoshlarimning kayfiyatini tushirib yubordi. To'g'ri, jamoam mag'lubiyatga uchradi, kayfiyati zo'r emas, ammo "Bunyodkor" uchun to'g'risi xursandman", - deydi Aziz Haydarov.
- "Bunyodkor"ning bugungi g'alabasiga asosiy sabab sifatida nimani ko'rsata olasiz?
- Jamoa o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rganini maydonda ko'rdik. Bizni ham yaxshi o'rganishibdi. Hamjihatlik katta rol o'ynadi.



