O'FA ham tasdiqladi: Usmon Toshev Aziz Haydarov o'rnini egalladi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2021, 19:14
Usmon Toshev O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i etib tayinlandi.

O'zbekistonlik taniqli mutaxassis Usmon Toshev O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo'limida ish boshladi. Bunga qadar u "Nurafshon" klubining bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma'lumot o'rnida, Usmon Toshev FIFA instruktori sifatida katta tajribaga ega, u O'zbekistonda eng birinchilardan bo'lib Pro licenziyaga ega bo'lgan mutaxassis hisoblanadi. 

U faoliyati davomida bir nechta klublarda, xususan, “Andijon”, “Nasaf”, “Mayvand”, “Tofan Harirod”da bosh murabbiy sifatida ishlagan. Shuningdek, 2006 yilda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi, 2018 yilda O'zbekiston U-17 jamoasi bosh murabbiyi, 2018-2021 yillar davomida Tojikiston terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimlarida faoliyat olib borgan", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

Usmon Toshev tasdiqladi

Eshitdik-da: Usmon Toshev tez orada O'FAda ish boshlaydi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати