"Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes: "Aziz Haydarov bilan har kuni maslahatlashib turamiz"

Narzulla Saydullayev
2 mar 2022, 21:16
O'zbekiston Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Surxon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizda qisqa vaqt bo'ldi tayyorgarlik uchun. Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikkita teng kuchli jamoalar o'ynadi. Vaziyatlar bo'lganiga qaramay 0:0 hisobi qayd etildi"

- Potencialidan kelib chiqib qanday maqsad sari intilasiz?

- Men 5 fevral kuni keldim. Jamoa esa tayyorgarlikni boshlagandi. Salohiyati tanish, ko'p ishladik. Reja bo'yicha ish olib borildi. "Surxon" to'g'ri yo'nalishda oldinga qarab intiladi.

- O'zbek futboli haqida nimalarni bilasiz? Qanday ma'lumotlarga egasiz?

- O'zbekistonga kelgunimga qadar ko'p ma'lumotlarga ega emasdim. Bundan tashqari ispaniyaga yosh mutaxassislar kelganda tanishgandik. Qolaversa, "Al Shabab"da ishlaganimda Aziz Haydarov to'p tepgan. U orqali ko'p ma'lumotlarni bilib olgandim. Mening telefonimda hali ham uning kontakti bor. Har kuni qo'ng'iroq qilib maslahatlashib turamiz.

- Futbolchilaringiz bugun qarshi hujum taktikasida harakat qildi. "Surxon"ga qanday uslubni singdirmoqchisiz?

- Biz doim hujumkor futbol ko'rsatamiz. "Olimpik" O'zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri. Iqtidorli yosh futbolchilar borligini ko'rdim. Jamoamga o'zini ko'rsatishga harakat qilgani uchun rahmat aytaman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia