Aziz G'anievning "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari

Aziz Tukhtamuradov
19 noya 2017, 16:13
"Nasaf" futbolchisi Aziz G'aniev "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinga ajoiyib tayyorgarlik ko'rgandik. Murabbiylar bahs oldidan etarlicha ko'rsatmalar bergandilar. Yigitlar bilan birdamlikda harakat qildik va yakunda g'alabaga erishdik.

O'yin vaqtida shunday holatlar bo'ldiki, biz asabiylashdik.

Birinchi navbatda gol o'tkazmaslik, bizning maqsadimiz edi. Qarshi hujumda o'z omadimizni qidirishimiz lozim edi.

Qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz", - dedi Aziz G'aniev.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia