Azarning otasi: "Eden hech qachon "Real"da o'ynamasa kerak"

Aslanov Jasurbek
25 avg 2018, 14:20
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azarning otasi Terri Azarning fikricha, uning o'g'li hech qachon "Real"ga o'tmasligi mumkin.

Oldinroq, "Real" Azar xizmatlariga qiziqish bildirayotgani va 27 yoshli futbolchi uchun 224 mln evro to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi.

"Transfer nega amalga oshmaganini ayta olmayman. Gap istamasligimda emas, shunchaki hech narsani bilmayman. Har qanday holatda ham Eden va "Chelsi" o'rtasida 1 yillik bitim bor. U hech qachon "Real" futbolchisiga aylanmasa kerak. Zinedin Zidan "Qirollik klubi"da qolganida hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi, biroq unda jamoani tark etish uchun sabablar bo'lgan" - deydi Terri Azar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com