Azar faoliyatini yakunlamasligini ma'lum qildi

Alisher
19 iyun 2023
Belgiyalik futbolchi Eden Azar hali faoliyatini yakunash niyatida emasligini ma'lum qildi.

Kelajagim? Rostini aytsam, hozircha bilmayman. 3ta og'ir mavsumdan so'ng men ham oilam bilan vaqt o'tkazishni va boshqalar kabi tatilga chiqishni xohlayman.

Oxirgi kunlarda bemani gaplarni ko'p o'qidim. Hali ham o'zimni professional darajada o'ynashga qodir his qilyapman. 2-3 yil dam oldim. Menda hali kuch bor! – dedi Realning sobiq yarim himoyachisi.

Madrid klubini tark etgan 32 yoshli belgiyalik faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com