Azar, Benzema va Asensio "Valyadolid"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi

Оқил Абдубарноев
26 dek 2022, 22:16
Ispaniya chempionatining navbatdagi turi doirasida “Valyadolid”ga qarshi o'yinda “Real”ning hujum chizig'i qanday ko'rinish olishi ma'lum bo'ldi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Qirollik klubi"ning triosi quyidagicha ko'rinish oladi - Eden Azar, Karim Benzema va Marko Asensio.

Eslatib o'tamiz, asosiy tarkib a'zolaridan bo'lgan Vinisius Junior va Rodrigo "Valyadolid"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishadi, chunki murabbiylar shtabi mundialdan keyin ularga dam berishga qaror qilgan.

Azar va Asensio kelasi yozda "Real"ni tark etishlari mumkin. Markoning shartnomasi tugamoqda, Eden esa yaqinda bergan intervyusida mavsum oxirida "Santyago Bernabeu"ni tark etishini istisno qilmadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Diario AS