Azar Belgiya terma jamoasi ixtiyoriga yetib keldi

Alisher
26 mar 2021, 10:15
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar milliy jamoada.

U ayni damda shifokorlar bilan maslahatlashmoqda. Bu haqda terma ustozi Roberto Martines xabar bermoqda.

"Ha, u biz bilan. Biz o'yinchiga nima kerak bo'lsa barchasini berish uchun doim "Real" bilan aloqadamiz. U hozirda o'ynamaydi, ammo bu yerdagi va Madriddagi shifokorlar bilan ishlaydi", - deydi Martines.

15 martda Azarning operaciya qilinishi mumkinligi va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkinligi aytilgan edi.

Futbolchi so'nggi bor 13 martda "Elche"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/BelRedDevils