

“Burgutlar” himoyachisi Azamat Isroilov bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- “Nasaf” juda kuchli jamoa. Ushbu jamoaning o'yinlarini yaxshi o'rgandik. Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng bizga ochkolar suv va havodek zarur. Oliy ligada qolishimiz uchun biz ochkolar sonini ko'paytirib borishimiz kerak. Qaysi jamoa bo'lishidan qatiy nazar biz faqat g'alaba uchun kurashamiz. Muxlislarimiz,murabbiylarimiz ishonchini oqlash uchun ijobiy natija qilishimiz shart – deydi Azamat Isroilov.
Dildora Xolboeva suhbatlashdi.



