"Ayaks" MYUning Antoni transferi bo'yicha taklifini rad etdi. 90 mln evro amstyerdamliklarga kamlik qilmoqda

Administrator
26 avg 2022, 23:42
MYU yana bir bor "Ayaks" bilan kelisha olmadi.

Amstyerdamning "Ayaks" klubi "Manchester Yunayted"ning Antoni transferi bo'yicha taklifini yana bir bor rad etdi. Klubi futbolchi uchun 90 mln evro kam deb hisoblamoqda. 

22 yoshli futbolchi "Man Yunayted"ga o'tish istagida. Shu sabab ham, u hozirda "Ayaks" klubidan norozi bo'lmoqda.

Avvalroq, MYU futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib olgani xabar qilingandi. Braziliyalik iqtidor MYUning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano