“Ayaks” murabbiyi: “Messi eng yaxshi o'yinlarini Gvardiola qo'l ostida namoyish eta olgan”

9 may 2020, 01:54
Amstyerdamning “Ayaks” klubi bosh murabbiyi Erik ten Xagning aytishicha, Messining faoliyatidagi eng yaxshi davr – bu “Barselona”ni Gvardiola boshqargan paytda bo'lgan ekan.

“Gvardiola vaqtida Messi “Barselona”da yetakchi futbolchilardan biri edi, ammo u jamoa va natija uchun harakat qilardi. U Gvardiola paytidagidek hech qachon yaxshi holatda bo'lmagan. 

Ayni paytda “Barsa”da hamma Leo uchun o'ynaydi. Shu sabab so'nggi yillarda ko'k-anorranglilar YCHLda muvaffaqiyatga erisha olishmadi.

Shunga qaramay Messi hozir boshqalardan ancha ustun. Biroq Gvardiola davrida u hozirgidek passiv o'yin ko'rsatmasdi”, deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Voetbal International.

Gvardiola 2008-2012 yillarda “Barselona”ni boshqargan. 49 yoshli murabbiy ayni paytda “Manchester Siti” bosh murabbiy hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Voetbal International.