"Ayaks" himoyachisi siyosiy sabablarga ko'ra Qatarni tark etdi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2020, 22:16
Amstyerdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Serjino Dest jamoaning Qatarda o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inini tark etdi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi Yaqin Sharqda yuzaga kelgan keskin siyosiy vaziyat tufayli o'z xavfsizligidan xavotirga tushib qolgan. Avvalroq futbol bo'yicha AQSH terma jamoasi ham mazkur mamlakatda o'tkazilishi rejalashtirilgan yig'inni bekor qilgandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Dest Niderlandiyada tug'ilgan, ammo himoyachi Amerika fuqaroligiga ham ega. U AQSH terma jamoasi safida bir nechta uchrashuvda maydonga tushishiga ham ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports