Avstriya yoshlari murabbiyi: "O'zbekiston ochiq o'yin ko'rsatishni xush ko'radi"

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2015, 12:50
Avstriya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Andreas Xeraf O'zbekiston yoshlar terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U20 yoshlar o'rtasidagi mundialning nimchorak final uchrashuvida Avstriya U20ga qarshi bahs olib boradi.

O'zbekiston yoshlari guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida fijilik tengqurlarini 3:0 hisobida mag'lub etdi, va ushbu o'yinni avstriyaliklar bosh murabbiyi stadionda kuzatdi.

"Navbatdagi raqibimiz O'zbekiston. Ular texnik va jamoaviy o'yin ko'rsatadi, o'zbeklar tarkibida idividual yaxshi ko'rsatkichlarga ega iqtidorli futbolchilar etarli. Ularning ko'pchiligi to'p bilan yaxshi muomala qiladi va texnikasi kuchli. O'zbekiston ochiq o'yin ko'rsatishni xush ko'radi. Ular ko'p gol urishyapti, ammo shunga yarasha ko'p gol o'tkazib yubormoqda. Bizning uchrashuvda kamroq xato qilgan jamoa g'alaba qozonadi" - deydi Andreas Xeraf.

O'zbekiston va Avstriya yoshlari o'rtasidagi nimchorak final uchrashuvi 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com