Autsayderni mag'lub eta olmagan Mikel Arteta o'yindan so'ng nimalar dedi?

Khoja
19 fev 2026, 07:58
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-ligadagi "Vulverxempton"ga qarshi o'yindagi durang (2:2) haqida gapirdi.

"Buni qabul qilish juda qiyin. Ikkinchi bo'limda biz o'yinni kerakli darajada o'tkazmadik va Premer-ligada g'alaba qozonish uchun zarur bo'lgan darajada o'ynamadik. Hozir baho berish yaxshi emas, hamma juda ko'p his-tuyg'ularda. Bu zarba bizga tegishli, bunga o'zimiz sababchimiz.   Hozir his-tuyg'ular bilan biror narsa aytib qo'yish mumkin, lekin bu jamoaga zarar etkazishi mumkin. Hamma eng yaxshisini xohlaydi. Qiyin paytlarni ham boshdan kechirish kerak

O'zimizga nisbatan tanqidiy bo'lishimiz lozim, chunki biz etarlicha yaxshi o'ynamadik. So'nggi oylarda chempionatda beqaror o'yin ko'rsatmoqdamiz.  

Qiyin damlarda g'alaba qozonish istagimiz va qanchalik yaxshi ekanligimizni ko'rsatish kerak. Xarakter ko'rsatish lozim", - dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru