"Atletiko"ning bosh transfer maqsadi - "Arsenal" futbolchisi

Alisher
11 mar 2020, 13:23
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett Madrid klubiga kerak.

Madrid klubi "to'pchilar" forvardiga yozgi transferlar oynasidagi bosh maqsad sifatida qaramoqda.

"Matraschilar" hujum chizig'ini kuchaytirishni o'ylashmoqda va Lyakazettni xarid qilishmoqchi.

28 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsum "Arsenal" libosida APLda 20ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi futbolchisi "Arsenal"ga 2017 yilda "Lion"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo