"Atletiko"ga "Napoli" hujumchisi kerak

8 yanv 2020, 23:32
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, "matraschilar" rahbariyati  markaziy hujumchi qidirmoqda. Nomzodlar orasida 25 yoshli polshalik futbolchi ham bor. Ammo Neapol klubi prezidenti Aurelio De Laurentis Milikni sotishni istamayapti. U polshalik hujumchi bilan uzoq muddatga mo'ljallangan yangi shartnoma imzolash niyatida. 

Eslatib o'tamiz, Arkadiushning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. U A Seriyaning joriy mavsumida 7 gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS