"Atletiko" Partining o'rnini fransiyalik futbolchi bilan to'ldirmoqchi

9 okt 2020, 20:54
Madridning "Atletiko" klubi transfer oynasining so'nggi kunida "Arsenal"ga o'tib ketgan Tomas Partining o'rnini to'ldirish uchun tayanch yarim himoyachisi xarid qiladi.

"Matraschilar" bir oy ichida La Ligadan qaysidir o'yinchini xarid qilishlari mumkin. Chunki "Arsenal" tovon pulini to'lagani uchun Parti bilan amaldagi shartnoma bir tomonlama bekor qilingan edi.

"Atletiko" short-listida "Valensiya" yarim himoyachisi Joffre Kondogbia ham bor. Maydon markazi aynan 27 yoshli fransiyalik futbolchi bilan kuchaytirilishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Kondogbia La Liganing joriy mavsumida 5 ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca