"Atletiko" o'yinchilaridan maoshlarini jamoaviy qisqartirishga rozi bo'lishni so'raydi

Alisher
24 avg 2022, 11:24
"Atletiko" o'yinchilar bilan maoshlarni qisqartirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ispan klubi moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va zudlik bilan maoshlarni qisqartirmoqchi.

"Atletiko" rahbariyati maoshlar qisqatirishi borasida Madrid klubining bir necha futbolchilari, jumladan, Antuan Grizmann, Yan Oblak, Koke, Toma Lemar va Joau Feliks bilan uchrashdi.

Klubning maqsadi - asosiy jamoada barchaning maoshini qisqarishiga erishish.

Qayd etish kerakki, muzokaralarning dastlabki raundi ijobiy o'tdi. O'yinchilar klubga yordam berishga tayyorliklarini ma'lum qilishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal