"Atletiko" MYU himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023, 11:29
"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, bir necha hafta oldin Madrid klubi Lindelyofning ehtimoliy transferi bo'yicha "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar olib borgan, biroq rad javobi berilgan, chunki ingliz klubi rahbariyati shvetsiyalikni tarkibda saqlab qolmoqchi.



28 yoshli o'yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.

Lindelyof joriy mavsum barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano