"Atletiko Madrid" Alvaresning "Barselona"ga o'tishi bo'yicha yakuniy bayonot berdi

28 avg 2026, 08:20
Madridning "Atletiko" klubi bosh direktori Migel Anxel Xil klub hujumchisi Xulian Alvaresning transferi bo'yicha "Barselona" bilan muzokaralar olib borish yuzasidan yakuniy qarorni e'lon qildi.

"Bosh direktor sifatida, xodimlarimiz, akciyadorlarimiz va direktorlar kengashi a'zolarining qo'llab-quvvatlovi bilan shuni ayta olamanki, yagona qatiy va yakuniy qarorimiz - biz "Barselona" bilan hech qanday muzokara olib bormaymiz.

Men futbol olamida 30 yildan ortiq vaqtdan beri borman va toki bosh direktor ekanman, u "Barselona"ga sotilmaydi. Haqiqat shundan iborat", - deydi Xilning so'zlarini "AS" nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS