"Atletiko" Jorje Mendesh bilan uch futbolchini klubga olib kelish borasida muzokaralar o'tkazmoqda

Eldor Akmurzayev
27 may 2019, 23:50
Madridning Atletiko klubi portugaliyalik mashhur futbol agenti Jorje Mendesh bilan Barselona hamda Benfika a'zolarini klubga olib kelish uchun muzokaralar olib bormoqda.

Futbolchilarning biri kataloniyaliklardan, yani, bu Nelson Samedu. Qolgan ikki nafari esa Benfika futbolchilari Ruben Diash hamda Joao Feliksdir. 

Samedu ko'k-anorranglilardagi faoliyatidan norozi bo'lmoqda va matraschilar tomonidan kelib tushadigan taklifni ko'rib chiqishga tayyor bo'lib turibdi. Uning transfer narxi 100 mln. evroga baholangan. Qayd etilishicha, klublar o'rtasidagi kelishuvda Antuan Grizmann Kataloniyaga ko'chib o'tishi uchun Nelson faoliyatini Madrid jamoasida davom ettirishi haqidagi band kiritilgan bo'lishi mumkin.

Shuningdek, Diash 60 mln. evro va Feliks esa unga nisbatan ikki borabar ko'proq qiymatdagi transfer summasiga egaligi ma'lum qilingan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS