"Atletiko" ijaradan so'ng Dembeleni "Lion"dan 33-35 mln evroni sotib olishi mumkin

Alisher
11 yanv 2021, 10:08
"Atletiko" va "Lion" forvard Mussa Dembelening transferi borasida kelishuvga erishishdi.

Madrid klubi 24 yoshli fransiyalik futbolchini 33-35 million evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga oladi.

O'yinchi tez orada ispan grandi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va hujjatlarga imzo chekadi.

Dembele joriy mavsum Liga 1'da 16ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi. Futbolchi qo'lidan olgan jarohat sabab 19 dekabrdan beri o'ynamaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Get French Football News