"Atletiko" himoyachisi Lodi Braziliya terma jamoasiga chaqirilmadi, bunga sabab u to'liq emlanmagan

Alisher
14 yanv 2022, 16:34
"Atletiko" himoyachisi Renan Lodining nega Braziliya terma jamoasiga chaqirilmagani ma'lum bo'ldi.

"Lodida vakcina yo'qligi sabab tarkibga kirish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. U emlanmaganligi sabab turnirda ishtirok etish imkoniyatini yo'qotdi", - deydi terma jamoa bosh murabbiyi Tite.

Qayd etish kerakki, Lodi faqatgina bitta doza vakcina olgan.

Terma jamoa xodimi Junino Paulistaning qo'shimcha qilishicha, himoyachi borasidagi qaror kirish uchun to'liq emlanganlik talab qiladigan davlatlarning sog'liqni saqlash qonunchiligi bilan bog'liq.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ge.globo.com