"Atletiko" Felipega 2024 yilga qadar shartnoma taklif qiladi

Alisher
17 okt 2021, 12:10
"Atletiko" himoyachisi Felipe klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Jurnalist Bruno Andradening xabariga ko'ra, braziliyalikka 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi.

Uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Felipe "Atletiko"ga 2019 yilda qo'shilgandi. U jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 79ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsspain.com