“Atletiko” 8 ta o'yinda atigi bitta gol o'tkazdi

27 okt 2019, 07:23
La Liga 10-turi doirasida “Atletiko” o'z maydonida”Atletik”dan (2:0) ustun keldi.

Bu bilan  Madrid jamoasi o'zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda  so'nggi sakkizta uchrashuvidan ettitasini “quruq” o'tkazdi. Jamoa darvozaboni Yan Oblak darvozasiga yo'llangan 19 ta aniq zarbaning 18 tasini qaytarishning uddasidan chiqdi.

Bu davr ichida madridliklar faqat bir marta – o'tgan turda “Valensiya”ga (1:1) qarshi bahsda o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi. “Ko'rshapalaklar” yarim himoyachisi Daniel Parexo 82-daqiqada jarima zarbasidan Oblakni dog'da qoldirgandi.

“Atletiko” joriy mavsumda La Liga bahslarida o'z darvozasidan atigi beshta gol o'tkazib yubordi va bu borada Ispaniya chempionatida eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports