"Atletik" safida 560ta o'yin o'tkazgan futbolchi mavsum so'nggida faoliyatini yakunlaydi

Alisher
19 fev 2025, 18:46
35 yoshli Oskar De Markos mavsum so'nggida faoliyatiga yakun yasaydi.

"Atletik" himoyachisi 16 mavsum davomida klub sharafini himoya qildi. U 2009 yilning iyulida "Alaves" safidan o'tgandi.

De Markos jamoa tarixida o'yinlar soni bo'yicha ikkinchi o'rinni egallab turibdi – 560. U bir necha kun oldin bu ko'rsatkich bo'yicha Iker Muniaindan o'tib ketdi, yetakchilik esa Xose Anxel Iribarda (614ta o'yin)ga tegishli.

"Atletik" sardori Ispaniya kubogi va ikki bor mamlakat Superkubogi sohibi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: athletic-club.eus