

"Atletik" himoyachisi 16 mavsum davomida klub sharafini himoya qildi. U 2009 yilning iyulida "Alaves" safidan o'tgandi.
De Markos jamoa tarixida o'yinlar soni bo'yicha ikkinchi o'rinni egallab turibdi – 560. U bir necha kun oldin bu ko'rsatkich bo'yicha Iker Muniaindan o'tib ketdi, yetakchilik esa Xose Anxel Iribarda (614ta o'yin)ga tegishli.
"Atletik" sardori Ispaniya kubogi va ikki bor mamlakat Superkubogi sohibi hisoblanadi.



