"Atalanta" futbolchisi ertaga "Yuventus" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

1 yanv 2020, 22:44
Ijara asosida "Parma"da o'ynayotgan, "Atalanta" futbolchisi Deyan Kulushevski "Yuventus" safiga qo'shilishiga bir qadam qoldi.

Italiyalik mashhur insayder Djanluki Di Marcioning xabariga ko'ra, 2 yanvar kuni 19 yoshli shvetsiyalik futbolchi Turinda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

"Yuve" istiqboli porloq futbolchining transferi uchun 35 mln evro sarflashi kutilmoqda. Turin klubi Kulushevskiga 5 yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan (2 mln evro yillik maosh bilan). 

Eslatib o'tamiz, Deyan Italiya chempionatining joriy mavsumida 17 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga to'rt gol, ettita samrali uzatma yozdirib qo'ygan.

Avvalroq Kulushevski faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia