“Atalanta” Chempionlar ligasida 40 million evro ishladi

Alisher
12 dek 2019
Italiya A Seriyasi vakili “Atalanta” Chempionlar Ligasida so'nggi turda durang natija qayd etish orqali mo'maygina pul ishlab oldi.

Bergamo klubi turnirning guruh bosqichiga chiqish uchun 23,6 million evro olgan.

Guruhning oltita o'yinida klub yana 6,3 million evro bonuslar (“Dinamo Zagreb” mag'lub etilgani uchun 2,7 million evro, “Shaxtyor” bilan uchrashuvdagi g'alaba uchun 900 ming evro) yutgan.

“Atalanta” pley-offga chiqqani uchun 9,5 million evro oldi. Umuman, Jan Pero Gasperini jamoasi musobaqada 39,4 million evro ishlab topdi, shuningdek ular 1/8 final o'yinlari uchun ma'lum miqdorda bonuslar ham olishadi. 

Eslatib o'tamiz, ular uchun joriy mavsum debyut hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net