"Aston Villa" Reshford, Asensio va Disasilarning ketganini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2025, 23:23
Markus Reshford "Aston Villa"ni tark etdi.

Birmingemliklar qishda ijaraga olingan "Manchester Yunayted" hujumchisi o'z klubiga qaytishini e'lon qildi.

Xuddi shu sabablarga ko'ra yarim himoyachi Marko Asensio (PSJ) va himoyachi Aksel Disasi ("Chelsi") jamoani tark etmoqda.

Shuningdek, darvozabon Robin Olsen va himoyachi Kortni Xoz ham ketishmoqda – ularning shartnomalari muddati tugadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: avfc.co.uk