"Aston Villa" futbolchilari Gardning iste'fosini talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
4 mar 2016, 18:45
"Aston Villa"ning ko'plab futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Remi Gardning ishidan norozi.

Klub 28-turdan so'ng APL turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi. Jamoada jiddiy kelishmovchilik bo'lib o'tdi va natijada futbolchilar ikki tomonga bo'linib olishdi. Murabbiyni veteran futbolchilar qo'llab-quvvatlashyapti va ular omadsizliklarda "Villa"ning yangi o'yinchilarini ayblashyapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, Gard "Manchester Siti"ga qarshi Premer-liganing 29-tur uchrashuvidan so'ng haydalishi mumkin, chunki u yanvarda rahbarlarga jamoani APLda saqlab qolishini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph