
Alan Pardyu yanvarda jamoani tark etdi va "Kristal Pelas" ustoziga aylandi. Ayni damda bosh murabbiylik vazifasini Pardyuning sobiq yordamchisi Jon Karver bajarmoqda. Remi Gard jamoaga tez ko'nikib ketishi mumkin, chunki bu klubda u bilan "Lion"da birga ishlagan futbolchilar bor. Fracuz 2011 yildan 2014 yilgacha "Lion"ni boshqargan.