Asilbek Omonov: “Muxlislar ishonchini oqlashda davom etamiz”

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2016
“Buxoro” – “Neftchi” uchrashuvi (2:0) yakunida buxoroliklar vakili Asilbek Omonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin juda shiddatli kechdi.Shu kuni jamoadoshim Sardor Qobuljonov o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatib, raqibning bir necha qarshi hujumlarini qaytarish, hatto yakkama-yakka vaziyatlarni bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

Biz ana shu tempni saqlagan holda kelgusi o'yinlarda ham muxlislar ishonchini va mehrini qozonishda davom etishga harakat qilamiz, - deydi Omonov   

“Buxoro” PFK Matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia