Asensio "Real" haqida: "Dunyodagi eng kuchli tarkiblardan biri. "Atletiko" va "Sevilya" La Ligada bizning raqobatchimiz bo'ladi"

Alisher
23 okt 2020, 10:14
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio Madrid klubining tarkibini yuqori baholadi.

"Men "Barsa"ga o'tishim mumkin edi, ammo "Real" boshidanoq menga hayratlanarli darajada qiziqish bildirdi va mening tanlovimga ta’sir ko'rsatdi. "Real"ni rad qilib bo'lmaydi.

Men kuchliligimni va tezkorligimni his qilyapman. O'yinimga uchqun qaytdi va bizda dunyoning eng kuchli tarkiblaridan biri bor. Menga ko'plab klublar qiziqish bildirishdi, ammo men "Real"da muvaffaqiyat qozonishga harakat qilmoqdaman.

Bu haqda ko'p kishi gapirishadi, ammo men bizda dunyoning eng kuchli tarkiblaridan biri bor deb hisoblayman, bizning kiyim almashtirish xonamizdagi atmosfera ajoyib. O'ylaymanki, La Ligada bizning raqiblarimiz "Atletiko" va ajoyib murabbiyga ega "Sevilya" bo'ladi", - deydi Asensio.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca