Arteta Realni yirik hisobda mag'lub etganidan so'ng nimalar dedi?

Khoja
9 apr 2025, 09:00
Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta kechagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Men shogirdlarimdan faxrlanaman. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik, g'alaba qozonish uchun zarur bo'lgan ishni qildik.

O'yindan oldin ham ko'p muammolarni yaratishga qodir ekanimizni his qilgandim. Biroq, bularning barchasi amalga oshirilishi kerak edi. Biz bunga erishdik, lekin bizni hali Madridda o'yin kutib turibdi.

Real bu turnirdagi eng yaxshi jamoa va ularni mag'lub etishga harakat qilish doim qiyin bo'lgan. Endi Madridda bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz kerak, - dedi Arsenal bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com