

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta MYUga qarshi o'yin haqidagi savollarga javob berdi.
- "Old Trafford"dagi mag'lubiyat jamoangizga qo'shimcha ishtiyoq beradimi?
- Bizga bu dars bo'lishi kerak. O'sha o'yinda bir necha muhim vaziyatlar bo'lgandi. Masalan, o'shanda mag'lub bo'lgan bo'lsak ham, ko'plab vaziyatlarda o'yinni nazorat qilgandik.
Biroq, "Man Yunayted"ning kuchli jihati ham shunda – o'yinni nazorat qilsang ham, natijani boy berishing mumkin. Sababi, ularda individual mahoratga ega o'yinchilar ko'p va bu ko'p muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
- Kazemironing yo'qligi o'yinga qanchalik ta’sir o'tkazadi?
- U birinchi o'yinimizda yo'q edi, ammo biz o'sha o'yinda ham mag'lubiyatga uchragandik. "Man Yunayted"ning o'yiniga qarang, ulardagi jamoaviy o'yin, ahillik shu qadar kuchliki, jamoa istalgan raqibni mag'lub qilishi mumkin. Kazemiro o'ynamasligini hisobga olgan holda reja tuzamiz – bunisi aniq.



