Arteta mag'lubiyatdan so'ng: "Biz xafamiz. Ammo "Arsenal" top-jamoaga qarshi o'ynadi"

Aziz Tukhtamuradov
21 yanv 2022, 09:12
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Liverpul"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz xafamiz. Ammo "Arsenal" top-jamoaga qarshi o'ynadi. Bizda ikkala bo'limda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi - gol urish kerak. 

Bazi vaziyatlarda biz o'yinni nazorat qildik, bosim o'tkazdik. Ammo "Liverpul"ni mag'lub etish uchun o'z imkoniyatlaringdan foydalanishing lozim. 

So'nggi uchta o'yinda biz 10 kishi bo'lib o'ynadik. Bu qiyin. Mashg'ulotlar o'tkazmay turib, mana shunday o'yin namoyish etgan yigitlar bilan faxrlanaman", - dedi ispaniyalik murabbiy. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC