Arteta: “Kechirim so'rashimiz kerak”

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2022, 08:55
“Arsenal” ustozi Mikel Arteta Angliya Kubogi 3-raundida “Nottingem Forest”ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Raqib g'alaba qozondi, ular gol urishdi, biz esa buni uddalay olmadik. Etarlicha yaxshi o'ynolmadik va buning uchun uzr so'rashimiz lozim.

Bahona izlamoqchi emasman va jamoa yaxshiroq o'ynashini xohlayman. Buni uddalay olmasang, kubokni tark etasan.

Bugun “Nottingem Forest”ni mahmonda mag'lub qilolmadik va g'alaba uchun kerakli saviyani ko'rsata olmadik. Bu jamoaviy muammo, bugun muvaffaqiyatsizlikka uchradik”, deydi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport