Arteta Jaka borasida qanday qaror qabul qilganini aytdi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2020, 19:40
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Granit Jaka bilan bo'lgan o'zaro suhbat haqida gapirdi.

"Jaka mening gaplarimni diqqat bilan tinglashini va uni qo'llab-quvvatlashga tayyor turganimni sezishini istayman. Granit hali jamoaga kerak va uning "Arsenal"dagi o'yinlaridan zavq olyapman. Menimcha, uning qolishiga ko'ndira oldim. Bunga qadar u boshqa fikrda yurganini his qilgandim", - dedi Arteta.

Oldinroq Jaka "Gerta"ga o'tishga yaqin turgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Ushbu mavsumda shveytsariyalik futbolchi APLning 15 o'yinida 1 bora assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal