

"Yanvar oyida jamoaga yangilar keladimi? Bu savolni rahbariyat va sport direktori Eduga bering. Biz ushbu transfer oynasida tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz", – dedi Arteta matbuot anjumanida.
"Arsenal" APL 17 o'yinida 42 ochko jamg'ardi va musobaqa jadvalida 1-o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Manchester Siti" bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil etadi.



