"Arsenal"ning yangi sardori kim bo'ladi?

Sherzod Nurmatov
14 dek 2021, 21:39
Xabaringiz bor, Londonning "Arsenal" klubi Per-Emerik Obameyangdan sardorlik maqomini olib tashladi.

Endilikda jamoani yangi sardor maydonga boshlab tushadi. "TalkSport" nashrining xabar berishicha, asosiy da'vogarlar - himoyachi Kiran Tirni va hujumchi Aleksandr Lyakazett bo'lib turibdi. 

Manbaga ko'ra, nomzodlar orasida jamoa sobiq sardori Granit Jaka va darvozabon Aaron Remsdeyl ham bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport