"Arsenal" Yildiz transferidan umidvor

Sherzod Nurmatov
7 okt 2025
"Yuventus" vingeri Kenan Yildizga ko'plab top-klublar qiziqish bildirmoqda, ular hamon yosh turkiyalikni qo'lga kiritish ilinjida.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, shunday klublardan biri Londonning "Arsenal"idir. Biroq "byankoneri" futbolchisi bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishga faol intilmoqda.

Taxminlarga ko'ra, Turin klubiga sodiqlikning asosiy belgisi Yildizning o'tgan yozda APL klublaridan kelgan takliflarni rad etgani bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport