"Arsenal" xavbeki safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
3 noya 2023
"Arsenal" yarim himoyachisi Emil Smit-Rou bir necha haftaga safdan chiqdi.

Bu haqda jamoa ustozi Mikel Arteta jurnalist Fabricio Romanoga ma'lumot berdi.

Umuman olganda, Smit-Rou ushbu mavsumda jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo'lmayapti. 23 yoshli futbolchi APLda umumiy hisobda 105 daqiqa o'ynadi holos.

Oldinroq Smit-Rou qishda klub tomonidan transferga qo'yilishi mumkinligi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano