"Arsenal" va "Tottenxem" "RB Leyptsig" o'yinchisini nishonga oldi

Alisher
12 mar 2020, 13:25
"Leyptsig" hujumchisi Marsel Zabitcer "Arsenal" va "Tottenxem" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

London klublari yozda hujum chizig'ini kuchaytirish haqida o'ylamoqda va avstriyalik vinger bilan shartnoma imzolashmoqchi.

"Shporlar" rahbariyati 25 yoshli futbolchining Chempionlar ligasidagi o'yinlaridan mamnun bo'lishgan. Zabitcer aynan "Tottenxem" darvozasini ikki bor ishg'ol qilgan edi.

Zabitcerning "Leyptsig" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi joriy mavsum 35ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 8ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com