

Yangi libos "Arsenal" APLda mag'lubiyatsiz o'ynagan 2003/04 yilgi mavsumning 20 yilligiga bag'ishlab chiqarilgandi.
Libosda jamoaning har bir o'yindagi natijalari ketma-ketligi qo'yilgan. W - g'alaba, D - durang. Biroq dizaynerlik xatosi sabab u yerdan 38 ta emas, 32 ta o'yin natijasi o'rin olgan.
Shu sababli, "Arsenal" ushbu liboslar sotuvini to'xtatganini e'lon qildi.
Adidas kompaniyasi esa ushbu xatoni to'g'irlab, libos xarid qilgan muxlislarga pul qaytarib berilishini ma'lum qildi.



