"Arsenal" ushbu mavsumda ilk bor bitta o'yinda ikkita gol o'tkazib yubordi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025, 11:21
"Sanderlend"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida gol o'tkazib yuborib g'alabani qo'ldan boy bergan va 2:2 hisobida durang o'ynagan Premer-liga yetakchisi "Arsenal" bu mavsumda birinchi marta bitta o'yinda o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqdi.

Bu nafaqat APL, balki "kanonirlar" ishtirok etadigan barcha musobaqalar doirasida sodir bo'ldi.

"Arsenal" joriy mavsum APLning 11 o'yinida atigi 5 ta gol o'tkazib yubordi (shu jumladan, "Sanderlend"ga qarshi bitta o'yinda ikkita). Ular hali Chempionlar Ligasi yoki Liga Kubogida birorta ham gol o'tkazib yubormagan.

APL

11-tur

"Sanderlend" – "Arsenal" 2:2 (1:0)

Gollar: Ballard, 36 (1:0), Saka, 54 (1:1), Trossard, 74 (1:2), Brobbi, 90+4 (2:2).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC