Arsenal Timber jarohat olganini tasdiqladi. Himoyachi uzoq muddatga safdan chiqqani taxmin qilinmoqda

Alisher
15 avg 2023, 08:51
Arsenal klubi jamoaning yangi himoyachisi Yurrien Timber jarohat olganini tasdiqladi.

APLdagi debyutini Nottinghem Forestga qarshi bahsda o'tkazgan 22 yoshli niderlandiyalik himoyachi 2-bo'limning boshida jarohat sababli o'yinni davom ettira olmadi. 

The Athletic xabariga ko'ra, Timberning xochsimon paylari uzilgan va u katta ehtimol bilan uzoq muddatga safdan chiqqan. 

Ma'lumot uchun, kanonirlar Timberni 40+5 mln evro evaziga Ayaksdan transfer qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia